27-apreldan Toshkentda 20 va 40-avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi

eʼlon qilindi
Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi
134-sonli avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi
Foto: Transport vazirligi

Toshkent shahrida ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartiriladi. Bu haqda Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

2026-yil 27-apreldan boshlab 40-sonli «Sergeli 12-dahasi – Toshkent vokzali» yo‘nalishining vokzal tomon harakati o‘zgartiriladi. Endi avtobus Qipchoq ko‘chasidan Sergeli yo‘li va Obihayot ko‘chalari orqali harakatlanadi. Yo‘nalish ko‘prik orqali o‘tadi va ortga burilmaydi.

Xarita: Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi

Shu kundan boshlab 20-sonli «Ibn Sino 1-mavzesi – Gulobod ko‘chasi» yo‘nalishi ham uzaytiriladi. Avtobus Gulobod ko‘chasidan Saqichmon va Zarqaynar ko‘chalari orqali Chorsu metrosigacha qatnaydi.

Chorsu metrosidan keyin yo‘nalish Zarqaynar, Alisher Navoiy, Beruniy va Laylito‘g‘on ko‘chalari orqali davom etadi.

Xarita: Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahriga qo‘shimcha 240 avtobus olib kelinishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, 16 ta yangi yo‘nalish ochiladi va kunlik qatnovlar soni yana ikki mingtaga oshiriladi. Shuningdek, jamoat transportiga ustuvorlik berish maqsadida yangi BRT yo‘laklari va qo‘shimcha avtobus polosalari tashkil etiladi.

Shuningdek