«Manchester Siti» kambek bilan finalga chiqdi

26-aprel 2026 08:13 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
«Manchester Siti» kambek bilan finalga chiqdi
Foto: mancity.com

Angliya Kubogi yarim finalida «Manchester Siti» «Sautgempton» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv keskin o‘tdi va yakunda «shaharliklar» kambek qilib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘yin boshidan «Manchester Siti» to‘p nazoratini qo‘lida ushlab turdi. Jamoa hududiy ustunlikka ega bo‘ldi, biroq «Sautgempton» zich himoya qilib, zarbalar uchun imkon bermadi. Birinchi bo‘limda eng xavfli vaziyatlardan birini Marmush yaratdi, ammo darvozabon zarbani qaytardi.

Foto: mancity.com

Ikkinchi bo‘limda bosim yanada oshdi. Savio, Reynders va Marmush imkoniyatlarga ega bo‘ldi, lekin hisob ochilmadi.

79-daqiqada «Sautgempton» kutilmaganda oldinga chiqdi. Azaz jarima maydoni oldida to‘pni qabul qilib, aniq zarba bilan hisobni ochdi.

Foto: mancity.com

Biroq shaharliklar tez javob qaytardi. 82-daqiqada Doku qanotdan ichkariga kirib zarba berdi va to‘p rikoshet orqali darvozaga kirdi.

Uchrashuv yakunida «shaharliklar» g‘alabani ilib ketdi. 87-daqiqada Niko Gonsales uzoqdan kuchli zarba berib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Qolgan daqiqalarda «Sautgempton» hisobni tenglashtira olmadi. Natijada, «Manchester Siti» finalga yo‘l oldi.

Foto: mancity.com

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning ukasi Abdurahim Husanov «Manchester Siti»ning mashg‘ulotlar bazasiga tashrif buyurgani haqida yozgan edi.

Shuningdek