27-aprel uchun ob-havo: ayrim hududlarda chang-to‘zon kutiladi

eʼlon qilindi
Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi
27-aprel uchun ob-havo: ayrim hududlarda chang-to‘zon kutiladi
Foto: Depositphotos

27-aprel kuni mamlakat bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lum qildi.

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ba’zi hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Havo harorati 26–31 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxt Toshkentda ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26–28 darajagacha ko‘tariladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu hududlarda shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, harorat esa 17–22 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 26-aprel kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek