Umumiy ovqatlanish sohasi uchun QQS nolga tushiriladimi — rasmiy izoh berildi

eʼlon qilindi
Imtiyozlar odatda aniq shartlar bilan bog‘liq bo‘ladi
Ovqatlanish sohasi uchun QQS nolga tushiriladimi: rasmiy izoh berildi
Foto: Pexels

Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy ovqatlanish sohasi uchun QQS stavkasi nolga tushirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu masala yuzasidan Soliq qo‘mitasi rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, soha vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ovqatlanish biznesini qo‘llab-quvvatlash yo‘llari muhokama qilingan. Unda xorijiy tajriba ham ko‘rib chiqilgan. Ayrim davlatlarda bunday korxonalar uchun QQS bo‘yicha imtiyozlar berilishi misol sifatida keltirilgan. Biroq bu imtiyozlar odatda aniq shartlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, xodimlar soni, ish haqi darajasi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha talablar qo‘yiladi.

Qo‘mita ta’kidlashicha, hozircha QQSni nol stavkaga tushirish bo‘yicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan. Hozirgi bosqichda faqat ehtimoliy yondashuvlar o‘rganilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlarga ushbu sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z takliflarini berish tavsiya etildi. Ushbu takliflar o‘rganilib, keyinchalik eng maqbul yechim ishlab chiqilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vaxabov QQSni qaytarish jarayonini soddalashtirilmasa, palata stavkani 6 foizgacha tushirishni taklif etishi haqida ma’lum qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek