
Gollivud yulduzi Enn Heteuey Londonda bo‘lib o‘tgan «The Devil Wears Prada 2» filmi premyerasida noodatiy sovg‘a oldi. Aktrisaga muxlislardan biri Qur’on nusxasini taqdim etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda muxlis o‘z hadyasini quyidagicha izohlagan. U aktrisaning intervyularidan birida «Inshaalloh» so‘zini ishlatganini eshitgani va shu sabab bu sovg‘ani berishga qaror qilganini aytgan.
Heteuey sovg‘ani minnatdorlik bilan qabul qilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
Avvalroq aktrisa People jurnaliga bergan intervyusida ham ushbu so‘zni ishlatgan edi. «Inshaalloh» arab tilidan tarjima qilinganda «Xudo xohlasa» degan ma’noni anglatadi va musulmon madaniyatida keng qo‘llaniladi.
Mazkur voqea ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan turlicha baholandi. Ayniqsa, musulmon mamlakatlari foydalanuvchilari buni madaniyatga hurmat belgisi sifatida qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «The Boys» yulduzlari Jek Kueyd va Klaudiya Dumit turmush qurgani haqida yozgan edi.