Buxoroda qariyb 1 tonna noqonuniy spirt savdosi fosh etildi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda
Buxoroda qariyb 1 tonna noqonuniy spirt savdosi fosh etildi
Foto: Deportament

Buxoro viloyatida qariyb 1 tonna noqonuniy spirt savdosi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik viloyat boshqarmasi va Alkogol hamda tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvda fosh etilgan. Jondor tumanida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor va yana bir fuqaro o‘zaro til biriktirgan. Ular litsenziyasiz va zarur hujjatlarsiz 1 115 litr etil spirtini sotgani aniqlangan. Ushbu mahsulotning umumiy qiymati 72 mln so‘mni tashkil etadi.

Tergovga ko‘ra, spirt birja savdolari orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan Olot tumani tibbiyot birlashmasi va boshqa budjet tashkilotlariga yetkazib berilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek