Mazda Xitoyda elektromobillarga o‘tishni tezlashtirmoqda

27-aprel 2026 12:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Mazda Xitoyda elektromobillarga o‘tishni tezlashtirmoqda
Foto: Autohome

Mazda Xitoy bozorida elektromobillarga o‘tishni jadallashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vakillari Pekin avtosaloni 2026 doirasida ma’lum qildi.

Mazda’ning yuqori lavozimli menejeri Toru Nakadzima kompaniya elektrlashtirish davriga tayyor ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, brend o‘z uslubini yo‘qotmagan holda yangi texnologiyalarga moslashmoqda.

Foto: Autohome

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mazda Xitoyda yangi energiya avtomobillari savdosini keskin oshirmoqda. 2026-yilning birinchi choragida kompaniya savdolarining 47 foizi aynan elektromobillar va gibrid modellarga to‘g‘ri kelgan. Kompaniya Changan bilan hamkorlikda yangi modellarni ishlab chiqmoqda. Ular orasida 6e sedani va CX-6e krossoveri bor. Ushbu avtomobillar to‘liq elektr va kengaytirilgan yurish zaxirasiga ega versiyalarda taklif qilinmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Mazda 2025-yil aprelidan 2026-yil martigacha Xitoyda 91 mingdan ortiq avtomobillar sotgan. Bu prognozdan qariyb 20 foizga yuqori natija hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mazda CX-6e avtomobilining yangi versiyasi taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek