Dollar o‘sdi: 28-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
27-arel kuni esa 4,52 so‘mga oshib, 12 020,48 so‘m bo‘lgan edi
Foto: Unsplash

28-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 52,48 so‘mga oshib, 12 072,96 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida  shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

21-aprel kuni 31,13 so‘mga tushib, 12 097,33 so‘m, 22-aprel kuni esa 36,78 so‘mga tushib, 12 060,51 so‘m bo‘ldi. Dollar payshanba kuni ham pasayishni ko‘rsatib, 23-aprel kuni 12 042,49 so‘mga (-18,06 so‘m) tenglashdi. 24-aprel kuni 26,53 so‘mga tushib, 12 015,96 so‘mni tashkil qildi. 27-arel kuni esa 4,52 so‘mga oshib, 12 020,48 so‘m bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 128,95 so‘mga tushib, 14 177,28 so‘mni, rubl esa 2,4 so‘mga tushib, 161,17 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi. 

Shuningdek