Farg‘ona viloyatida inflyatsiya 7,5 foizga tushdi

eʼlon qilindi
Viloyatda iste’mol savatiga kiruvchi 517 turdagi tovar va xizmatlarning 480 tasi hududning o‘zida ishlab chiqariladi
Farg‘onada inflyatsiya 7,5 foizga tushdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Farg‘ona viloyatida inflyatsiya 7,5 foizga tushdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilishda qayd etildi.

Tahlillarga ko‘ra, viloyatda iste’mol savatiga kiruvchi 517 turdagi tovar va xizmatlarning 480 tasi hududning o‘zida ishlab chiqariladi. Bu esa ichki imkoniyatlar katta ekanini ko‘rsatadi. Mutasaddilarga ushbu mahsulotlar hajmini oshirish va narxlarni pasaytirish bo‘yicha faol ishlash vazifasi qo‘yildi.

Viloyatda 370 ming gektar sug‘oriladigan yer mavjud. Shundan 55 ming gektari bog‘ va tokzorlardan iborat. Bundan tashqari, 37 ming gektar qir va adir yerlar bor. Shunga qaramay, 5,5 ming gektar bog‘ va tokzorlar eskirgan. Yana 6 ming gektar yer bo‘sh yotgani qayd etildi.

Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, ushbu zaxiralarni ishga solish orqali qo‘shimcha 300 ming tonna meva-sabzavot yetishtirish mumkin. Bu esa iqtisodiyotga qariyb 2 trln so‘mlik qo‘shilgan qiymat olib keladi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onada investorlar uchun yangi markaz ishga tushgani haqida yozgan edi.

Shuningdek