Kelasi yil yakunigacha Farg‘onada 300 mln dollarlik 50 ta loyiha ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
So‘x daryosi bo‘yida 130 gektar hududda yirik turizm majmuasi qurish rejalashtirilgan
Kelasi yil yakunigacha 300 mln dollarlik 50 ta loyiha ishga tushiriladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Kelasi yil yakunigacha Farg‘onada $300 mlnlik 50 ta loyiha ishga tushiriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident tarixiy obidalar va betakror tabiatga ega hududda xorijiy turistlar oqimini 2-3 baravar oshirish imkoniyati borligini ta’kidladi. Shu maqsadda Qo‘qon va Marg‘ilon ziyorat turizmiga, So‘x, Quva, Beshariq va Farg‘ona tumanlari esa tibbiy hamda ekoturizmga ixtisoslashtiriladi.

Shuningdek, respublika bo‘yicha yana 25 ta suv omborini bosqichma-bosqich turizm maskaniga aylantirish rejalashtirilmoqda. Marg‘ilonda «Burhoniddin Marg‘inoniy» ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi ochildi.

Farg‘ona tumanida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Shohimardon – Yordon» xalqaro kurort zonasi, «Vodil» agroturizm klasteri, «Avval» ko‘ngilochar majmuasi va «Chimyon» sanatoriy hududi barpo etilmoqda. Shu imkoniyatlardan kelib chiqib, kelasi yil yakunigacha 300 million dollarlik 50 ta loyihani ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.

Qo‘qon shahrida 64 ta madaniy meros obyektini qamrab olgan 3 ta piyoda turizm yo‘nalishi ishlab chiqilgan. Buning uchun ayrim davlat idoralarini boshqa joyga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.

So‘x tumanida esa ekoturizm, agro va tibbiy turizmni rivojlantirish uchun yangi loyihalar tayyorlanmoqda. So‘x daryosi bo‘yida 130 gektar hududda yirik turizm majmuasi qurish rejalashtirilgan. Hududni rivojlantirish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onadagi 10 ta mahallada 50 – 100 tonnalik kichik omborxonalar qurilishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Farg‘ona tumanidagi 15 ta mahallada 5 mingdan ortiq xonadon tomorqada malina yetishtirmoqda. Mahsulot pishgach, uni tez sotish muammosi yuzaga kelmoqda. Dehqonlar malina 2-3 kunda sotilmasa, narxi 20 foizgacha tushishini aytmoqda. Shuningdek, saqlash uchun yetarli omborxonalar yo‘qligi ham muammo bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek