O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

eʼlon qilindi
U bunga qadar Beshariq tumani hokimi bo‘lgan
O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi / Foto: O‘zA

Rasuljon Jo‘rayev Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Rasuljon Jo‘rayev 1973-yilda Rishton tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 2000-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Rasuljon Jo‘rayev 2017-yildan buyon Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, bundan oldin O‘zbekiston tumani hokimi sifatida Ravshanbek Begmatov 2025-yil mart oyidan boshlab faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi boshqaruviga rais tayinlangan edi.

Shuningdek