Apple iOS 27’da rasm tahrirlashga yangi SI funksiyalarini tayyorlamoqda

eʼlon qilindi
Kompaniya ushbu yangilanish orqali Android tizimidagi flagman qurilmalar bilan raqobatni kuchaytirishni maqsad qilgan
Foto: Rozetked

Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac qurilmalaridagi rasm tahrirlovchisiga keng ko‘lamli yangilanishlarni tayyorlamoqda. Yangi tizimlarda Apple Intelligence bazasidagi sun’iy intellekt imkoniyatlari kengaytiriladi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

iOS 27, iPadOS 27 va macOS 27 tizimlarining asosiy yangiligi sifatida aqlli kesish hamda rasm chegaralarini generativ kengaytirish funksiyalari qo‘shiladi. Barcha jarayonlar bevosita qurilmaning o‘zida amalga oshiriladi va tahrirlash uchun bir necha soniya sarflanadi.

Foto: iLenta

Apple vakillari ushbu ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortgan. Hozirgi vaqtda kompaniya qurilmalari sun’iy intellekt yordamida faqat kadrdagi keraksiz obyektlarni o‘chira oladi xolos.

Google Pixel va Samsung Galaxy kabi asosiy raqobatchilar tahrirlash uchun ancha kengroq sun’iy intellekt funksiyalariga ega. Xususan, ushbu qurilmalar orqa fonni xiralashtirish, obyektlar qo‘shish va rasm chegaralarini kengaytirish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple kompaniyasida bosh direktor o‘zgargani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek