O‘zbekistonga jalb qilingan investitsiyalar hajmi ochiqlandi

eʼlon qilindi
2025-yil holati va 2026-yilga prognoz
2025-yilda O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi 24 foizga oshdi
Foto: depositphotos

2026-yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi yalpi ichki mahsulot (YIM)ga nisbatan 2,5 – 3% atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Markaziy bank hisobotida keltirilgan.

Unga ko‘ra, 2025-yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kirimi qariyb 1,5 barobarga o‘sib, $4,4 mlrdni tashkil etdi. Bu YIMga nisbatan 3 foizga teng. 2026-yil prognoziga ko‘ra esa mazkur ko‘rsatkich 2,5 – 3% atrofida shakllanishi mumkin.

Shuningdek, portfel investitsiyalari ham o‘tgan yilda faol bo‘ldi. 2025-yilda portfel investitsiyalarning sof jalb qilinishi asosan xalqaro obligatsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobiga 40 foizga ko‘payib, 4,4 mlrd dollarni tashkil qildi (YIMga nisbatan 3%). Hisobotga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich joriy yilda 2 – 3% darajasida bo‘lishi prognoz qilinmoqda (2026-yilda).

Bundan tashqari, 2025-yilda xalqaro moliya bozorlarida hukumat tomonidan uchta, banklar tomonidan yettita hamda nomoliyaviy korxonalar tomonidan to‘rtta yangi xalqaro obligatsiyalar joylashtirildi. Shuningdek, ikkita yevroobligatsiya bo‘yicha majburiyatlar to‘liq so‘ndirildi. Ushbu tarkibiy omillar hisobiga 2025-yil yakunida moliyaviy hisob taqchilligi (manfiy saldosi) $9,3 mlrdni tashkil qildi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2026-yilda davlat sektori, banklar va boshqa sektorlar bo‘yicha valyuta va depozitlar, tashqi qarz hamda savdo kreditlari dinamikasi, to‘lovlar jadvali va moliyalashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, boshqa investitsiyalar komponenti bo‘yicha sof kirim YIMga nisbatan taxminan 1% atrofida shakllanishi kutilmoqda. Shu omillar yig‘indisi natijasida 2026-yilda moliyaviy hisob (xalqaro zaxira aktivlari hisobga olinmaganda) YIMga nisbatan 5 – 6% miqdorida manfiy saldo bilan shakllanishi prognoz qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada investorlar uchun yangi markaz ishga tushgani xabar qilingandi. Mazkur markaz viloyat iqtisodiy salohiyatini namoyish etishga xizmat qiladi. U sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va eksportni rag‘batlantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, investorlar uchun qulay muhit yaratish asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek