Chevrolet Tracker 2027 avtomobili namoyish etildi — foto

29-aprel 2026 13:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tracker 2027 avtomobili namoyish etildi
Rasm SI yordamida yaratilgan / Manba: GMAutority

GM Chevrolet Tracker 2027 modelining yangilangan versiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Model ilk bor kamuflyaj ostida suratga tushirildi, deya xabar bermoqda GMAutority.

Rasmlarga ko‘ra, avtomobil dizaynida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Old qism yanada keskin va tik shaklga o‘tayotgani ko‘rinadi. Hozirgi vertikal chiroqlar o‘rniga yangi modelda gorizontal joylashuv qo‘llanilishi kutilmoqda.

Foto: GMAutority

Faralar ham qayta ishlangan. Ular yuqoriroq joyga ko‘chirilgan va ikki blokli tuzilishga ega bo‘ladi. Radiator panjarasi dizayni ham yangilanib, umumiy ko‘rinish Chevrolet Blazer ning yangi avlodiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Orqa qismda ham jiddiy o‘zgarishlar bor. Stop-chiroqlar ikki qavatli ko‘rinishda bo‘ladi. Orqaga yurish chiroqlari markazga yaqinroq joylashtirilgan. Bumper shakli ham qayta ishlangan.

Foto: GMAutority

Prototipda yangi disk dizayni ham ko‘zga tashlanadi. Bu elementlar modelning yangilangan tashqi ko‘rinishini yanada zamonaviy qiladi. Hozircha model 2027-yilda taqdim etilishi kutilmoqda. Ayrim manbalarda esa chiqish sanasi 2028-yilga surilishi mumkinligi ham aytilmoqda.

Foto: GMAutority

Yangilanish General Motors ning Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarishiga yo‘naltirilgan $300 mln investitsiya bilan bog‘liq. Tracker modeli Changwon zavodida ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, unga texnik jihatdan yaqin bo‘lgan Buick Envista ham yangilanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Sonic krossoveri rasman namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek