PPX xodimining voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgani rad etildi

eʼlon qilindi
Xodim 14 yoshli qizga shilqimlik qilishda gumonlangan
Pedofillikda gumonlangan PPX xodimining nojo‘ya harakatiga rasmiy izoh berildi / Foto: IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xodimining voyaga yetmagan qizga nisbatan nojo‘ya harakatlar qilgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Holat yuzasidan IIBB matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, vakolatli organlar tomonidan vaziyatni o‘rganish ishlari olib borilgan va dastlabki tekshiruvlar natijasi e’lon qilindi.

Aniqlanishicha, joriy yil 27-aprel kuni soat 00:40 da Ohangaron shahar IIB PPX xodimiga 22 yoshli ayol qo‘ng‘iroq qilib, maslahat olish maqsadida uni chaqirgan. Xodim voqea joyiga yetib borganda, ayol va uning 14 yoshli tanishi birga chiqib, xizmat avtomashinasiga o‘tirgan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Shu vaqtda 18 yoshli shaxs o‘zining to‘rt nafar tanishlari bilan yetib kelib, xodimga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan va janjal ko‘targan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxs 14 yoshli qizning yaqin qarindoshi hisoblanmaydi.

Ichki ishlar organlari tomonidan ta’kidlanishicha, tarqatilgan iddaolar haqiqatga to‘liq mos emas bo‘lib, holat bo‘yicha yakuniy xulosa tergov-surishtiruv harakatlari yakuniga ko‘ra beriladi. Shuningdek, yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq ma’muriy yoki og‘ir oqibatlarda jinoiy javobgarlik choralari ko‘rilishi mumkinligi bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qizni jinsiy ekspluatatsiya qilishga uringan ayol ushlangan edi.

Shuningdek