Kaiyi Auto kompaniyasi yangi elektromobil taqdim etdi

29-aprel 2026 15:29 eʼlon qilindi

(29-aprel 2026 21:32 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kaiyi Auto kompaniyasi yangi elektrmobil taqdim etdi
Foto: Kaiyi

Kaiyi Auto kompaniyasi tomonidan E‑Qute 04 Max elektromobili taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda. Model narxi $7 – 7,6 ming atrofida belgilangan.

Yangi versiya tashqi ko‘rinishda yangilangan bamper va yon havo kirish teshiklari bilan ajralib turadi. Orqa qismda ham dizayn biroz o‘zgargan.

Foto: Kaiyi

Salon esa to‘liq qayta ishlangan. Fizik tugmalar olib tashlanib, minimalist uslub tanlangan. Markazda 12,8 dyuymli katta ekran o‘rnatilgan. O‘rindiqlar soni 5 tadan 4 taga qisqartirilgan.

Texnik jihatdan model 55 kVt quvvatli elektromotor bilan jihozlangan. Batareya sig‘imi 28,08 kVt/soatni tashkil etadi va bir zaryadda 310 km masofa bosib o‘tadi. Avtomobil tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. 30 foizdan 80 foizgacha quvvatlash taxminan 30 daqiqa vaqt oladi.

Foto: Kaiyi

Model kichik o‘lchamli elektromobillar segmentida raqobatlashadi. Bu segmentda narx past bo‘lishi va dizayn jozibadorligi asosiy omil hisoblanadi.

Kaiyi brendi avval Chery tarkibida yaratilgan. Hozirda kompaniya ulushining bir qismi Xitoydagi mahalliy hokimiyatga o‘tgan bo‘lsa-da, ikki tomon hamkorlikni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chery Tiggo X avtomobilining ichki qismi namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek