Avtomototransportlarni jarima maydonchasidan chiqarish bo‘yicha elektron murojaat tartibi joriy etildi

eʼlon qilindi
Hukumatning 2026-yil 28-apreldagi 208-son qaroriga muvofiq
Avtomototransportlarni jarima maydonchasidan chiqarish bo‘yicha elektron murojaat tartibi joriy etildi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan chiqarish jarayonida fuqarolar uchun elektron murojaat qilishning yangi tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur xizmat Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat xizmati bir nechta platformalar orqali ko‘rsatiladi. Jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. Fuqarolar elektron murojaat yuborishda ariza shaklini onlayn to‘ldiradi.

Murojaat jarayonida taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi. Vakolatli organ esa avtomototransportning jarima maydonchasiga joylashtirilish sabablari bartaraf etilgani yoki ma’muriy ish bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinganini o‘rganadi.

Tegishli shartlar tasdiqlangach, murojaat qiluvchiga my.gov.uz yoki mobil ilova orqali 1 ish kuni ichida transport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqish mumkinligi haqida elektron xabarnoma yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1-apreldan buyon 22 mingdan ziyod haydovchilar 5 jarima bali to‘plagani haqida yozgan edik.

Shuningdek