Buxgalterlarning xalqaro sertifikat imtihonlariga ketgan xarajatlar qoplab beriladi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-maydan 2028-yil 31-dekabrgacha muddat ichida
Buxgalterlarning xalqaro sertifikat imtihonlariga ketgan xarajatlar qoplab beriladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Buxgalterlarning xalqaro sertifikat olish jarayonida imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

«Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida»gi vaqtinchalik nizom qabul qilindi. Ushbu tartib O‘zbekiston fuqarolari hamda mamlakatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Nizomga ko‘ra, imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarning dastlabki ro‘yxatdan o‘tish hamda imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari qoplab beriladi. Xarajatlar faqat 2026-yil 1-maydan 2028-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda topshirilgan imtihonlar uchun amal qiladi.

Murojaat qilish uchun talabgorlar davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki subsidiya.mf.uz orqali ariza topshiradi. Arizaga biometrik pasport yoki ID-karta ma’lumotlari, to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlar, imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlik haqidagi hujjat hamda bank rekvizitlari ilova qilinadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida xarajatlarni qoplash yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda budjet hisobi standarti xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan edi.

Shuningdek