Dollar yana tushdi: 1-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
30-aprel kuni dollar 54,41 so‘mga tushib, 11 974,79 so‘mni tashkil qildi
Dollar yana tushdi: 1-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Colin Watts / Unsplash

1-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 37,19 so‘mga tushib, 11 937,60 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

24-aprel kuni 26,53 so‘mga tushib, 12 015,96 so‘mni tashkil qildi. 27-aprel kuni esa 4,52 so‘mga oshib, 12 020,48 so‘m bo‘ldi. 28-aprel kuni esa 52,48 so‘mga oshib, 12 072,96 so‘mga, 29-aprel kuni esa 43,76 so‘mga tushib, 12 029,20 so‘mga tenglashdi. 30-aprel kuni dollar 54,41 so‘mga tushib, 11 974,79 so‘mni tashkil qildi. 

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 47,09 so‘mga tushib, 13 961,02 so‘mni, rubl esa 0,17 so‘mga tushib, 159,47 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi. 

Shuningdek