Andijonda 30 sotix yer savdosi ortidan ikki mansabdor ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Andijonda 30 sotix yer savdosi ortidan ikki mansabdor ushlandi
Foto: DXX

Andijon viloyatining Andijon tumanida 30 sotix yer savdosi ortidan mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular o‘zaro til biriktirib, fuqaroga chorvachilik uchun ajratilgan 2 sotix yer hamda davlat zaxirasidagi 28 sotix maydonni boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib berishni rejalashtirgan. Ular 30 sotix yerning bir qismini noturar, qolgan qismini turarjoy toifasiga o‘tkazib berishni va’da qilgan. Buning evaziga $57 ming so‘ragan. Shuningdek, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun yana $3 ming talab qilingan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar oldindan $28 ming va hujjatlar uchun $3 ming olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samarqandda bank xodimi 33 mln so‘mni o‘zlashtirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek