AQSh maktabida hujum natijasida olti kishi jarohat oldi

AQShning Takoma shahridagi maktablardan birida o‘quvchi tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida olti kishi jarohat oldi. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, hujum qilgan shaxs pichoq bilan besh nafar o‘quvchi va bir nafar qo‘riqchini jarohatlagan. To‘rt nafar o‘quvchining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Shifoxona vakillari bir nechta o‘quvchi olib kelinganini tasdiqlagan, biroq ularning holati haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. U ham jarohat olgan, ammo uning hayotiga xavf yo‘qligi ma’lum qilingan. Maktab ma’muriyati muassasa vaqtincha yopilganini bildirgan. Ota-onalarga farzandlarini olib ketish uchun ruxsat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Rossiyadagi maktabda tojikistonlik 10 yoshli bola o‘ldirilgani haqida yozgan edi.