Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir qator xarajatlar qisman qoplab beriladi

eʼlon qilindi
Qarorda xususiy tadbirkorlar uchun ham alohida imtiyozlar nazarda tutilgan
Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir qator xarajatlar qisman qoplab beriladi
Foto: Unsplash

1-sentabrdan boshlab Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir qator xarajatlar qisman qoplab beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yangi tartib asosida 2030-yil oxirigacha xorijdan O‘zbekistonga turistlarni jalb qilish maqsadida taklif etiladigan tur operatorlar vakillarining transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi. Bu choralar xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yangi yo‘nalishlarni ochishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mahalliy tur operatorlar tomonidan xorijda o‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirlari uchun ham qo‘llab-quvvatlash beriladi. Bunda reklama va marketing xarajatlarining 25 foizigacha, lekin 500 mln so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi.

Qarorda xususiy tadbirkorlar uchun ham alohida imtiyozlar nazarda tutilgan. Ular tomonidan sayyohlar uchun madaniy, ko‘ngilochar va konsert dasturlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar ma’lum muddatgacha moliyalashtiriladi. Bu tizim bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi qoplash tamoyili asosida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning turizm eksporti $1,1 mlrdni tashkil etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek