BMTTD va Yaponiya O‘zbekistonda energiya tejovchi obyektlarni ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Loyihalar oraqali yiliga taxminan $20 ming tejalishi mumkin
BMTTD va Yaponiya O‘zbekistonda energiya tejovchi obyektlarni ishga tushirdi / Foto: BMTTD

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) Yaponiya hukumati ko‘magida Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida beshta energiya samarador pilot obyektni rasman foydalanishga topshirdi.

Loyiha doirasida ijtimoiy muassasalarda propan asosidagi issiqlik nasoslari va zamonaviy konditsioner tizimlari o‘rnatilib, eskirgan uskunalar yangilandi. Bu yangilanishlar natijasida yiliga 482 tonna issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish imkoniyati yaratildi hamda past uglerodli yechimlar amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.

Foto: BMTTD

BMTTD O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii ushbu tashabbus «Iqlim va’dasi» doirasida mamlakatlarga iqlim bo‘yicha majburiyatlarni amaliy natijalarga aylantirishda ko‘mak berayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, pilot obyektlar innovatsiya va hamkorlik orqali energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Amaliy natijalarga ko‘ra, 12 ming aholiga xizmat ko‘rsatuvchi oilaviy poliklinikada energiya sarfi ikki barobarga kamaydi. 580 nafar bolaga mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasalarida esa sovitish energiyasi 15 foizga, issiq suv sarfi esa 3,5 barobardan ko‘proqqa qisqargan. Jumladan, 29-maktabda energiya iste’moli 56 foizga kamayishi va samaradorlik «D» darajadan «A» darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Foto: BMTTD

Ma’lum ilinishicha, pilot loyihalar yiliga taxminan $20 ming tejash, 175 tonna ko‘mirdan foydalanishni bartaraf etish va 482 tonna chiqindilarni kamaytirishga xizmat qiladi. Loyiha 7,5 yildan 26 yilgacha bo‘lgan qoplanish muddati bilan iqtisodiy va ekologik samaradorlikni namoyon etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident farmoni bilan elektr va gazni o‘chirish hisobidan tejashga yo‘l qo‘yilmasligi haqida yozgan edik.

Shuningdek