Marhum britaniyaliklarga «Do‘stlik» ordeni berildi, 12 balldan oshgan ilk haydovchi — 2-maydagi yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan 2-may kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi
Rasm SI yordamida yaratilgan

Kursiv Uzbekistan 2-may kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi.

O‘zbekistonda 12 jarima ballidan oshgan ilk haydovchi aniqlandi

Rasm SI yordamida yaratilgan

O‘zbekistonda yil davomida yo‘l harakati qoidalarini buzib, 12,5 jarima balli to‘plagan birinchi haydovchi aniqlandi. Uning ishi ko‘rib chiqilishi uchun sudga yuborilmoqda. Bu haqda Davlat YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Respublika miqyosida yana 11 nafar haydovchida 8 dan 10 ballgacha jarima yig‘ilgan. Ularning besh nafari Toshkent shahri, uch nafari Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. Qolgan uch holat Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida bittadan qayd etilgan.

Ikkinchi jahon urushida o‘zbek askarini qutqargan britaniyaliklar «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Foto: Jersey Heritage

O‘zbekiston prezidentining 2026-yil 1-maydagi farmoni bilan Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi. Ular Ikkinchi jahon urushi davrida Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochgan o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovni o‘z uylarida yashirib, uning hayotini saqlab qolgan.

AQShning Spirit Airlines aviakompaniyasi faoliyatini to‘xtatdi

Foto: Getty Images

AQShning budjet aviakompaniyasi Spirit Airlines hukumat bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragach, faoliyatini zudlik bilan to‘xtatdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Spirit Airlines Donald Tramp ma’muriyati bilan $500 mlnlik moliyaviy yordam bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Aviakompaniya avvalroq ikkinchi marta bankrotlik e’lon qilganidan so‘ng tiklanish arafasida edi. Biroq AQSh va Isroilning Erondagi harakatlari ortidan fevral oyi oxiridan beri aviayoqilg‘i narxining ikki barobar oshishi vaziyatni boshi berk ko‘chaga kiritgan.

Bekor qilingan reyslar uchun chipta puli bank kartalari orqali to‘langan va mablag‘lar mijozlarga avtomatik ravishda qaytariladi. Kredit yoki aviakompaniya ballari orqali xarid qilingan chiptalar taqdiri esa bankrotlik sudi jarayonida hal qilinadi. Kompaniya bekor qilingan parvozlar sababli yuzaga kelgan mehmonxona va boshqa zaxira reyslar xarajatlarini qoplay olmasligini hamda mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati yopilganini ma’lum qilgan.

Toshkentdagi qator ko‘chalarda 9 kunga transport harakati cheklanadi

Foto: Unsplash

Toshkent shahrida joriy yilning 7 – 9-may kunlari o‘tkaziladigan «Tashkent Flowers Fest – 2026» gullar bayrami sababli qator ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi. Cheklovlar 2-maydan boshlanib, 11-maygacha davom etishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Transport harakati cheklanadigan hududlar qatoriga Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Mustaqillik shohko‘chasi oralig‘idagi qismi kiradi. Shuningdek, Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi ham yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismida ham transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Barcha cheklovlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonga tutash ko‘chalarni qamrab oladi.

AQSh Germaniyadan 5000 nafar harbiylarini olib chiqadi

Foto: Sean Gallup / Getty Images

Pentagon kelgusi bir yil ichida Germaniyadan qariyb 5000 nafar AQSh harbiysi olib chiqib ketilishini ma’lum qildi. Ushbu qaror Germaniya kansleri Fridrix Mers Vashingtonning Eronga qarshi strategiyasini keskin tanqid qilganidan so‘ng qabul qilingan.

Pentagon matbuot kotibi Shon Parnelning bayonotga ko‘ra, qo‘shinlar qisqartirilganidan keyin ham Germaniyada 30 ming dan ortiq amerikalik harbiylar qoladi.

«Harbiy departament rahbari Germaniyadan taxminan 5000 askarni olib chiqishni buyurdi. Bu qaror Yevropadagi kuchlar holatini sinchiklab o‘rganish natijasi bo‘lib, jarayon 6 oydan 12 oygacha davom etadi», – deyiladi Parnelning bayonotida.

Mazkur qaror AQSh prezidenti Donald Trampning shu hafta boshida aytgan tahdidlaridan so‘ng amalga oshmoqda. Bunga Germaniya kansleri Fridrix Mersning dushanba kungi chiqishi sabab bo‘lgan. Mers AQSh rasmiylarini aniq strategiyasiz urushga kirishganlikda aybladi.

«Eronliklar muzokara olib borish, to‘g‘rirog‘i, muzokara o‘tkazmaslik borasida juda ustasi farang. Ular amerikaliklarning Islomobodga borib, hech qanday natijasiz quruq qo‘l bilan qaytishiga majbur qilmoqda», – dedi Mers.

Bunga javoban Tramp kansler Eron borasida nima haqida gapirayotganini o‘zi bilmasligini aytdi va tez orada harbiylar sonini qisqartirish masalasi o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

AQShdan 26 nafar o‘zbekistonlik vatanga deportatsiya qilindi

Foto: Magdalena Miriam Tröndle / Getty Images

AQShning migratsiya qonunchiligini buzgani sababli deportatsiya qilingan 26 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reys bilan Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi. Bu haqda Dunyo AA xabar berdi.

Deportatsiya qilinganlarni qaytarish jarayoni O‘zbekiston va AQShning tegishli idoralari tomonidan muvofiqlashtirilgan. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va ularning xavfsiz olib kelinishini ta’minlash kabi tashkiliy masalalar tezkorlik bilan hal etilgan.

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olganlar ushlandi

Foto: theassay.com

Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlarida fuqarolar tomonidan tarkibida oltin bo‘lgan ruda, qum va toshlarni noqonuniy qazib olish hamda qayta ishlash holatlari aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tomdi tumanida qonunbuzarlari Bessopan sanoat maydonidan 5 200 kg ma’danli toshlarni yashirincha olib chiqib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ekspertiza xulosasiga asosan, ushbu toshlar tarkibida 315,1 gramm sof oltin mavjud bo‘lib, uning qiymati $45 ming (569,8 mln so‘m) atrofida baholangan.

Shuningdek