O‘zbekistonda chakana savdo hajmi 124 trillion so‘mga yetdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 25,4 foizlik o‘sish qayd etilgan
Savdo
O‘zbekistonda chakana savdo hajmi 124 trillion so‘mga yetdi / Foto: Bumefa

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda chakana va ulgurji savdo ko‘rsatkichlarida 25,4 va 10,9 foizlik o‘sish qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Hafiza Muxtorova / Kursiv Uzbekistan

Unga ko‘ra, 2026-yil yanvar – mart oylarida mamlakatda chakana savdo tovar aylanmasi qariyb 124 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 25,4 foizga oshganini anglatadi.

1-aprel holatiga ko‘ra, chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 86 527 taga yetgan.

Foto: Hafiza Muxtorova / Kursiv Uzbekistan

Shuningdek, shu davrda ulgurji savdo aylanmasi 109,9 trln so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 10,9 foiz o‘sish qayd etilgan. Ulgurji savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni esa 52 860 tani tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda agrosektor daromadlari qariyb 63,4 trln so‘mga yetgani haqida yozgan edik.

Shuningdek