Toshkentda ma’muriy sudlar 6 ta hokim qarorini bekor qildi

2026-yilning birinchi choragida Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan oltita hokim qarori qonunga zid deb topilib, bekor qilindi. Bu haqda sud raisi o‘rinbosari Akram Yusupov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hisobot davrida birinchi instansiya sudlari tomonidan jami 605 ta ariza ko‘rib chiqilib, yakuniga yetkazilgan. Shulardan 139 tasi qanoatlantirilgan, 351 tasi rad etilgan, 64 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 51 tasi esa ko‘rmasdan qoldirilgan.
Ma’lum qilinishicha, ko‘rilgan ishlar soni o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 15,7 foizga kamaygan.
Shuningdek, eng ko‘p ko‘rilgan ishlar davlat soliq organlari, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armalari, mahalliy hokimliklar, majburiy ijro byurolari hamda qurilish tizimi va hududiy boshqaruv organlari mansabdorlarining qarorlari va harakatlariga oid bo‘lgan.
Ayniqsa, mahalliy hokimliklar bilan bog‘liq 38 ta ish ko‘rib chiqilgan. Ularning 12 tasida arizalar qanoatlantirilib, 22 tasi rad etilgan. Natijada 6 ta hokim qarori sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bir qator tuman hokimlarining lavozimga loyiqligi ko‘rib chiqilishi haqida yozgandi.