Maktablardagi «aqlli» kameralar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda — vazirlik

eʼlon qilindi
Mirzo Ulug‘bek tumanida
O‘zbekistonda «Mening maktabim» loyihasining birinchi bosqichi boshlandi
Foto: internet

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari davomatini «aqlli» kameralar orqali aniqlash haqida xabarlar tarqaldi. Masala ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgach holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, hozirda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim maktablarda «aqlli» kameralar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda.

«Bu nafaqat, maktab jamoasi, balki ota onalarning ham oʻz farzandlarini ta’lim olishi va darslarga qatnishishini onlayn nazorat qilish, shuningdek, ularning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, vazirlik o‘quvchilar davomatini belgilash sinf darajasida o‘qituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan «e-maktab» platformasi orqali har kuni amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Agar o‘quvchi sababsiz dars qoldirsa, maktabdagi inspektor-psixolog ota-onasiga rasmiy ogohlantirish yuboradi. Unda farzandni muntazam darsga qatnashishini ta’minlash so‘raladi. Bu talab bajarilmasa, ota-onaga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi mumkin.

Bundan tashqari, o‘quvchi darslarga muntazam kelmasa, ota-onalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi. Jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha, takror holatda esa 5 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktablarda «AI Davomat» tizimi joriy etilgani, u esa o‘quvchilarning dars qoldirish holatlarini kamaytirishga yordam berishi xabar qilingandi.

Shuningdek