Braziliyada kichik samolyot turar joy binosiga qulab tushdi: qurbonlar bor

eʼlon qilindi
Ikki uchuvchi va bir yo‘lovchi vafot etgan
Braziliyada kichik samolyot turar joy binosiga qulab tushdi / Foto: Reuters

Braziliyaning Belo Horizonte shahrida kichik samolyot turar joy binosiga qulab tushdi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters.

Voqea 2026-yil 4-may kuni Braziliyaning janubi-sharqida sodir bo‘lgan. Dastlab besh kishi bo‘lgan kichik samolyot Pampulha aeroportidan uchib chiqqan va San-Paulu shahriga yo‘l olgan. Biroq u havoda bir necha daqiqa bo‘lgach, shahardagi uch qavatli turar joy binosiga qulab tushgan.

Favqulodda xizmatlar va mahalliy rasmiylarga ko‘ra, halokat oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. Yong‘in xizmati xabarida uchuvchi va ikkinchi uchuvchi voqea joyida vafot etgani qayd etilgan. Keyinchalik yo‘lovchilardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilingan.

Qolgan ikki yo‘lovchi og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yetkazilgan va ularning ahvoli barqaror ekani bildirilmoqda. Shuningdek, yong‘in xizmati binoda yashovchilar jabrlanmaganini va inshootda jiddiy konstruktiv zarar kuzatilmaganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiyada harbiy samolyot qulashi oqibatida 66 kishi halok bo‘lgan edi.

Shuningdek