iOS 26.5 tez orada ommaga taqdim etiladi: qanday funksiyalar kutilmoqda

5-may 2026 19:53 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
iOS 26.5 tez orada ommaga taqdim etiladi: qanday funksiyalar kutilmoqda / Foto: MacRumors

Apple kompaniyasi yangi iOS 26.5 yangilanishini ommaviy reliz arafasida ishlab chiquvchilar uchun taqdim etdi. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Apple iOS 26.5 operatsion tizimining chiqishdan oldingi so‘nggi sinov (release candidate) versiyasini e’lon qildi. Bu esa yakuniy ommaviy yangilanish yaqin kunlarda – ehtimol bir necha kun ichida yoki kelasi hafta chiqarilishini anglatadi. Shu bilan birga, kompaniya yangilanishga oid rasmiy o‘zgarishlar ro‘yxatini ham taqdim etdi.

Yangilanishning asosiy yangiliklaridan biri – RCS xabar almashish tizimida end-to-end shifrlashni qo‘llab-quvvatlashdir. Ushbu texnologiya xabarlarni faqat yuboruvchi va qabul qiluvchi o‘qiy olishini ta’minlaydi va yozishmalar xavfsizligini oshiradi.

Biroq mazkur funksiya dastlab beta rejimida ishlaydi. Shuningdek, u faqat qo‘llab-quvvatlovchi mobil operatorlarda mavjud bo‘ladi va bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shu sababli, iOS 26.5 o‘rnatilgach barcha foydalanuvchilar uchun darhol faollashmasligi mumkin.

Mazkur imkoniyat to‘liq joriy etilgach, Android qurilmalari va iPhone foydalanuvchilari o‘rtasida RCS orqali end-to-end shifrlangan xabar almashish imkoniyati yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPad Air 2027-yilda OLED displey bilan taqdim etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek