6-may kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

O‘zbekiston hududi bo‘ylab 6-may kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi va kunduzgi harorat 30-35 darajagacha yetadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar bermoqda.
Poytaxt Toshkent shahrida kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, havo harorati esa 30-32 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ham quruq ob-havo saqlanib qoladi, harorat 17-22 darajani tashkil etishi aytilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha shamol o‘rtacha 7-12 m/s tezlikda esadi. Biroq, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi prognoz qilingan.
Shamol kuchayishi oqibatida shimoliy va cho‘l hududlarining ayrim joylarida chang-to‘zonlar ko‘tarilishi ehtimoli mavjud.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 5-may kungi ob-havo haqida xabar bergan edi.