Rossiyada antidepressantlar savdosi 34 foizga oshdi

eʼlon qilindi
2026-yilning birinchi choragida dorixonalarda 5,8 milliard rubllik 6,4 million o‘ram antidepressant sotilgan
Foto: Pexels.com

Rossiyada 2026-yilning dastlabki uch oyida antidepressantlar savdosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pul hisobida 34 foizga oshdi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

2026-yilning birinchi choragida antidepressantlar savdosi hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan o‘ramlarda 22 foizga ko‘paygan. Shu bilan birga, xavotir va qo‘rquvni kamaytiruvchi anksiolitik preparatlar savdosi 4,8 mln o‘ramni tashkil qilib, ularning qiymati 2,6 mlrd rublga ($34,4 mln) yetgan. Anksiolitiklar savdosi hajmi 1 foizga kamaygan bo‘lsa-da, pul hisobida 11 foizga o‘sgan.

Taqqoslash uchun, 2025-yilning birinchi yarmida rossiyaliklar qiymati qariyb 9 mlrd rubl ($119,2 mln) bo‘lgan 11 mlndan ortiq o‘ram antidepressant xarid qilgan. Shuningdek, xuddi shu davrda 9,3 mlndan ortiq o‘ram anksiolitik preparatlar sotilgan. Dori vositalariga bo‘lgan talab barqaror ravishda oshib bormoqda.

2020-yildan 2024-yilgacha Rossiyada ruhiy kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichi 18 foizga oshgan. Aholida depressiya, xavotir va stress holatlari ko‘proq aniqlanmoqda, biroq shizofreniya va psixoz ko‘rsatkichlari barqaror saqlanib qolgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda retseptsiz kuchli dori savdosi fosh etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek