Erondagi urush oqibatida jahon neft zaxiralari 200 million barrelga qisqardi

eʼlon qilindi
Zaxiralar so‘nggi sakkiz yildagi eng past darajaga tushdi, mutaxassislar narxlar yanada oshishini prognoz qilmoqda
Foto: Oselote / Shutterstock

Erondagi urush va Hormuz bo‘g‘ozining to‘sib qo‘yilishi oqibatida aprel oyida jahon neft zaxiralari rekord darajada qisqardi. Talabning pasayishiga qaramay, global miqyosdagi yo‘qotish kuniga 6,6 mln barrelni tashkil etgan. Bu haqda S&P Global Energy tahlilchilariga tayanib, DW xabar bermoqda.

Neftga bo‘lgan talab kuniga 5 mln barrelga tushib ketdi. Bu kuzatuvlar tarixidagi ikkinchi eng yirik pasayish bo‘lib, bundan kattaroq qulash faqat COVID-19 pandemiyasi davrida qayd etilgan edi. Goldman Sachs ekspertlarining ta’kidlashicha, global neft zaxiralari so‘nggi 8 yildagi eng past darajaga yaqinlashmoqda.

Foto: The Economic Times

Argus agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida Shimoliy Yevropada aviatsiya yoqilg‘isi zaxiralari so‘nggi olti yillik minimumga tushgan. Financial Times nashri esa AQShda ta’til mavsumida benzin zaxiralari tarixiy eng past darajaga yetishi mumkinligini yozmoqda.

Yaqin Sharqdagi mojarolar sababli bozor allaqachon 1 mlrd barrel neft qabul qilmadi. Treyderlar bir necha hafta ichida jiddiy inqiroz yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

«Bozor zaxiralarning rekord darajada qisqarishiga hali munosabat bildirmadi, shuning uchun neft narxining ko‘tarilishi hali oldinda», — dedi S&P Global Energy vakili Jim Burkxard.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BAA neft zavodiga qilingan hujumda Eronni ayblayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek