Suv va alkogolsiz ichimliklarni raqamli markirovkalash yana kechiktiriladi

eʼlon qilindi
Abdumannop Buriyevning so‘zlariga ko‘ra, prezident qachonki tadbirkorlar tayyor bo‘lsa, shunda joriy etilishini aytgan
Markirovka o‘sish nuqtasi sifatida: biznes nima uchun shaffoflikni tanlayapti
Foto: CRPT Turon

O‘zbekistonda suv va alkogolsiz ichimliklarni raqamli markirovkalash tizimidagi agregatsiya mexanizmini joriy etish kechiktiriladi. Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev prezident topshirig‘i bilan tadbirkorlarni qiynayotgan 15 ta tizimli muammo o‘rganilib, davlat rahbariga taqdim qilinganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, so‘nggi paytda tadbirkorlar eng ko‘p ko‘tarayotgan masalalardan biri markirovkalash tizimi bo‘lgan. Xususan, ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi korxonalar yangi tizimga to‘liq tayyor emasligi aytilgan.

«2026-yilning 1-aprelidan boshlab markirovkalash tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Ayniqsa, suv mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxonalarga bu ta’sir oʻtkazyapti va bu boʻyicha ham bizda hali korxonalarimizni tahlil qilganimizda koʻrdikki, 10 ta katta yirik ishlab chiqaruvchi boʻladigan boʻlsa, ya’ni 90% bozorni egallagan, shundan beshtasi hali tayyor emas. Ushbu jarayonga tayyor emasligini muhtaram prezidentimizga aytganimizda, prezidentimiz yana bir bor buni choʻzish boʻyicha taklif berdi. Bilamiz, bu ikki marta choʻzilgan. Oʻzi 2024-yil aprelidan boshlab choʻzildi 2026-yilgacha, mana mayli dedilar, yana choʻzamiz», — deya tushintirdi Buriyev.

Abdumannop Buriyevning so‘zlariga ko‘ra, prezident qachonki tadbirkorlar tayyor bo‘lsa, shunda joriy etilishini aytgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlarga jarima qo‘llash bo‘yicha moratoriy joriy etish va Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markirovkalash qoidalariga rioya etish masofaviy soliq tekshiruvlari orqali nazorat qilinishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek