Poytaxtning “Food City” yo‘nalishidagi avtobuslar harakati o‘zgartirildi

eʼlon qilindi
2026-yil 6-maydan boshlab
Toshkentda 45, 137 va 6-sonli avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi
Poytaxtning «Food City» yo‘nalishidagi avtobuslar harakati o‘zgartirildi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Toshkentda yo‘l infratuzilmasidagi yangi inshoot ishga tushirilishi munosabati bilan beshta avtobus yo‘nalishlarining harakat sxemasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Avtobuslarda tashish xavfsizligini ta’minlash hamda Bektemir yo‘li va Katta halqa yo‘li ko‘chalarida yo‘l inshooti qurilib, avtotransport harakati yo‘lga qo‘yilgani sababli 93, 110, 117, 128 va 130-sonli avtobus yo‘nalishlarining «Food city» savdo markazidan qaytish yo‘nalishi o‘zgartirildi.

Foto: O‘zA

Yangi tartibga ko‘ra, ushbu yo‘nalishlar 2026-yil 6-maydan boshlab Katta halqa yo‘li, ko‘prik osti yo‘li, ko‘prik ustiga chiqish qo‘shimcha yo‘l bo‘lagi hamda Bektemir yo‘li ko‘chalari orqali bir tomonlama harakatlanadi.

39-sonli avtobus yo‘nalishining esa bir tomonlama harakati o‘zgarishsiz qoldirilib, Katta halqa yo‘li va Furqat ko‘chalari orqali avvalgi tartibda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent avtobuslarida konditsionerlar 7-maydan ishga tushishi haqida yozgan edik.

Shuningdek