O‘zbekistonning Irlandiyadagi elchisi tayinlandi, Mirziyoyev Moskvadagi paradda ishtirok etadimi, Toshkentda gullar festivali — 7-may kungi muhim yangiliklar dayjesi

eʼlon qilindi
Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
7-may kungi muhim yangiliklar dayjesi / Foto: Diyor Parpiyev / Kursiv Uzbekistan
Korrupsiya va noqonuniy qarorlar oqibatida yetkazilgan zararlar qoplanadi
Foto: SI

To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi

To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi. 2026-yil 6-may kuni prezidentning «To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Davomi…

Shahar jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tkaziladi
Shahar jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tkaziladi / Foto: President.uz

Shahar jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirish va xizmat sifatini oshirish ishlari yuzasidan Shavkat Mirziyoyevga taqdimot amalga oshirildi. Unda shahar jamoat transportining yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Davomi…

Foto: Facebook

Toshkent avtobuslarida konditsionerlar 7-maydan ishga tushadi

Poytaxt bo‘ylab jamoat transportlarida sovitish tizimi 7-maydan boshlab bosqichma-bosqich yoqiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi xabar berdi.

Davomi…

Harbiy kursantlarga sun’iy intellekt va IT chuqur o‘qitiladi
Harbiy kursantlarga sun’iy intellekt va IT chuqur o‘qitiladi / Foto: Mudofaa vazirligi

Harbiy kursantlarga sun’iy intellekt va IT chuqur o‘qitiladi

O‘zbekistonda harbiy kadrlar tayyorlash tizimida kursantlarga sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni chuqur o‘qitishga qaratilgan yangi model joriy qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan harbiy kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha taqdimotda ma’lum qilindi.

Davomi…

Mudofaa vazirligida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi tashkil etiladi
Mudofaa vazirligida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi tashkil etiladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Mudofaa vazirligida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda armiyani raqamlashtirish maqsadida Mudofaa vazirligida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Mudofaa vazirligi tizimida olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari taqdimotida ma’lum qilindi.

Davomi…

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Irlandiyada ham vakil etib tayinlandi
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Irlandiyada ham vakil etib tayinlandi / Foto: Uzbekembassy.com.my

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Irlandiyada ham vakil etib tayinlandi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov endi qo‘shimcha ravishda Irlandiyada ham elchi vazifasini bajaradi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Davomi…

Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etadimi

Kreml saytida 9-may G‘alaba kuni bayramida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va boshqa Markaziy Osiyo rahbarlari nomlari keltirib o‘tilmagan.

Davomi…

Taqiqlangan materiallarni oson tekshirish uchun Telegram bot ishga tushirildi
Taqiqlangan materiallarni oson tekshirish uchun Telegram bot ishga tushirildi / Foto: Dima Solomin / Unsplash

Taqiqlangan materiallarni oson tekshirish uchun Telegram bot ishga tushirildi

Fuqarolar uchun diniy mazmundagi materiallar va rasmiy ma’lumotlarni tezkor tekshirish imkonini beruvchi yangi Telegram bot ishga tushirildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.

Davomi…

Toshkentda gullar festivali qanday o‘tmoqda — fotoreportaj

7 – 9-may kunlari Toshkent shahri rang-barang gullar bayramiga mezbonlik qiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Davomi…

Shuningdek