O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 71 mlrd dollarga yaqinlashdi

eʼlon qilindi
Bu ko‘rsatkich 1-aprelga nisbatan $1,9 mlrdga oshganini ko‘rsatadi
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9,7 mln so‘mga chiqdi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026-yil 1-may holatiga $70,9 mlrdni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 1-aprelga nisbatan $1,9 mlrdga oshganini ko‘rsatadi.

«Oʻzbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil aprel oyida $1,9 mlrdga oshdi. Xususan, oy davomida oltin narxining $4,5 mingdan $4,6 minggacha oshishining ta’siri $1,0 mlrd oshishni tashkil etdi», — deyiladi regulyator izohida.

O‘sish xorijiy valyutadagi aktivlar hisobiga ham yuz berdi. Ularning hajmi aprel oyidagi $7,6 mlrddan $8,7 mlrdga oshdi. Naqd valyuta va depozitlar hajmi ham o‘sib, $6 mlrddan $7,2 mlrdga yetdi.

Markaziy bank hisobotidan ekran tasviri

Shu bilan birga, oltin zaxiralari ham ko‘tarildi. Aprel oyida $60,8 mlrd bo‘lgan oltin qiymati may boshida $61,6 mlrdga oshdi. Biroq oltinning jismoniy hajmi tushdi va 13,3 mln unsiyaga yetdi.

Qimmatli qog‘ozlar hajmida kichik o‘sish qayd etildi. Ular $1,55 mlrdga yetdi. SDR ko‘rsatkichi oshib, $576 mlnni tashkil qildi.

Boshqa xorijiy valyutadagi aktivlar $175,2 mlndan $167,6 mlngacha pasaydi. Depozitlar va oltin kabi ayrim komponentlarda ham kichik o‘zgarishlar kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda noqonuniy oltin qazib olganlar ushlangani haqida xabar berilgandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tomdi tumanida qonunbuzarlari Bessopan sanoat maydonidan 5 200 kg ma’danli toshlarni yashirincha olib chiqib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ekspertiza xulosasiga asosan, ushbu toshlar tarkibida 315,1 gramm sof oltin mavjud bo‘lib, uning qiymati $45 ming (569,8 mln so‘m) atrofida baholangan.

Shuningdek