«Gem Stone Capital» fond birjasi a’zoligidan chiqarildi

eʼlon qilindi
2026-yil 8-maydan boshlab
Foto: Depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasi qaroriga ko‘ra, «Gem Stone Capital» MChJ 2026-yil 8-maydan boshlab birja a’zolari tarkibidan chiqarildi.

Ma’lum qilinishicha, bu qaror kompaniyaning o‘z murojaati asosida qabul qilingan. Shuningdek, 2021-yil 4-oktabrda tuzilgan birja a’zoligi shartnomasi ham bekor qilingan.

Qarorga muvofiq, Gem Stone Capital va uning treyderlarining savdo tizimiga kirish huquqi to‘xtatildi.

Bundan tashqari, o‘zaro hisob-kitob ishlari belgilangan tartibda amalga oshirilishi va kafolat jamg‘armasidagi mablag‘larni qaytarish jarayoni boshlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur kompaniya 2021-yilda 3,1 mlrd so‘m ustav fondi bilan ro‘yxatdan o‘tgan. U qimmatli qog‘ozlar va tovarlarga oid brokerlik xizmatlari bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzNIF «Toshkent» respublika fond birjasida listingdan o‘tgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 7-maydan boshlab O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF)ning oddiy aksiyalari «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)ning Stock Market maydonchasidagi Premium kategoriyasiga kiritildi.

Shuningdek