Bankdan hujjatlarsiz olinadigan naqd valuta limiti 500 dollargacha oshiriladi

eʼlon qilindi
Yangi tartib 3 oy o‘tgach, avgust oyida kuchga kiradi
Bankdan hujjatlarsiz olinadigan naqd valuta limiti 500 dollargacha oshiriladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Endilikda mijozlar banklardan $500 gacha bo‘lgan naqd valutani pasport, ID-karta yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz olishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan tegishli idoraviy hujjat 2026-yil 8-may kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda bank xizmatlarini soddalashtirish maqsadida naqd xorijiy valuta olish tartibiga o‘zgartirish kiritildi.

Ma’lum qilinishicha, yangi tartib 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. Hozir amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra esa hujjatlarsiz olinishi mumkin bo‘lgan naqd xorijiy valuta miqdori $100 ni tashkil etadi.

Mazkur o‘zgarish bank xizmatlaridan foydalanish jarayonini qulaylashtirish va ayrim operatsiyalarni soddalashtirishga qaratilgani qayd etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjonning ABB banki O‘zbekistondagi Davr Bank’ni sotib olishi mumkinligi haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek