Kosonsoyda yigit unashtirilgan qizini pichoqlab o‘ldirdi

eʼlon qilindi
Namangan viloyatida rashk oqibatida maktab o‘quvchisi bo‘lgan qiz o‘z qaylig‘i tomonidan o‘ldirildi
Foto: report.az

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 27 yoshli yigit o‘zi bilan unashtirilgan 17 yoshli maktab o‘quvchisini rashk tufayli pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Voqea 2026-yilning 6-may kuni ertalab sodir bo‘lgan. Soat 08:30 larda Kosonsoy tumani Yoshlik mahallasida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining qaylig‘i, 2008-yilda tug‘ilgan qallig‘i bilan o‘zaro janjallashib qolgan. U qizni o‘ldirish maqsadida ko‘krak va qorin qismiga pichoq bilan bir necha marta urgan hamda voqea joyidan yashiringan.

Olingan og‘ir tan jarohatlari oqibatida 50-maktabning 11-sinf o‘quvchisi bo‘lgan jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, hududni ko‘zdan kechirgan, qotillik quroli va boshqa daliliy ashyolar olingan hamda tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani prokuraturasi tomonidan gumon qilinuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaro Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda ikkinchi ayolini o‘ldirish uchun qotil yollagan erkak qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek