Eron har qanday ssenariyga tayyor — G‘olibof

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir G‘olibof mamlakat har qanday ssenariy bo‘yicha harakat qilishga shay holatda ekanini ma’lum qildi. Bu haqda IRNA xabar bermoqda.
G‘olibofning ta’kidlashicha, Eron qurolli kuchlari to‘liq jangovar shay holatda va har qanday tajovuzga javob berishga tayyor. Uning so‘zlariga ko‘ra, noto‘g‘ri strategiya hamda qarorlar falokatli oqibatlarga olib kelishi muqarrar va bu avvalgi tajribalarda o‘z isbotini topgan.
«Biz barcha variantlarga tayyormiz. Ular hayratda qolishadi», – deya ta’kidladi G‘olibof.
U noto‘g‘ri strategiya har doim noto‘g‘ri natijaga olib kelishini aytib, mamlakat kuchlari har qanday tajovuzga barchaga dars bo‘ladigan tarzda javob qaytarishga qodirligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh Eronning porti va shahriga zarba bergani haqida xabar bergan edi.