Birja orqali dizel xarid qilgan fermerlarga subsidiya beriladi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha
Foto: Getty Images

Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida dizel yonilg‘isi xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja orqali dizel yonilg‘isi xarid qilgan xo‘jaliklarga subsidiya ajratiladi. Bunda har bir tonna dizel narxining 13 million so‘mdan oshgan qismi uchun kompensatsiya beriladi. Subsidiyaning maksimal miqdori 2 million so‘mdan oshmaydi.

Shuningdek, shu yilning 1-sentabridan boshlab qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator vakolatlar maxsus Agentlikka o‘tkaziladi.

Yangi tartibga ko‘ra, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar o‘z mablag‘i yoki bank krediti hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birjada sotganda elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini subsidiya sifatida qaytarib olishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda kalava ip ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi xarajatlarining bir qismini qoplash mexanizmi joriy etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan elektromobillarni quvvatlashda subsidiya tizimi joriy etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek