Xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma va yangi Chevrolet Sonic — 12-may kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti
Сколько дней отдохнут узбекистанцы на День памяти и почестей
Foto: Far Chinberdiev / Unsplash

Xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi, yangi Chevrolet Sonic taqdim etildi — 12-may kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Denovdagi kurash musobaqasida mashhur kurashchi o‘ldirildi

Foto: advantour.com

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida o‘tkazilgan kurash musobaqasi fojia bilan yakunlandi. Musobaqa vaqtida yigit ukasining mag‘lubiyati alamida raqibining otasiga qasddan pichoq sanchib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.

2026-yil 9-may kuni soat 14:30 larda Yangiariq mahallasidagi «Abu Ali Ibn Sino» nomidagi tibbiyot texnikumi o‘yingohida sportning milliy kurash turi bo‘yicha ommaviy tadbir o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Doston Jabborov ukasi raqibidan mag‘lubiyatga uchraganidan g‘azablanib, mudhish jinoyatga qo‘l urgan.

O‘zbekiston energetikasiga $35 mlrd sarmoya kiritildi — Jamshid Xodjayev

Jamshid Xodjayev / Foto: Energetika vazirligi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev «Uzbekistan Energy Week – 2026» forumida energetika sohasiga kiritilgan yirik investitsiyalar va erishilgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

«So‘nggi yillarda O‘zbekiston energetika sohasiga qariyb $35 mlrd miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi», – dedi Xodjayev.

Bosh vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston energetikani sanoat, investorlar, aholi va «yashil» transformatsiya uchun eng kuchli ustunlardan biriga aylantirishni maqsad qilgan.

Lamin Yamal g‘alaba paradida «Real» muxlislarini kamsitdi

Foto: beIN SPORTS

«Barselona» klubi La Liganing joriy mavsumidagi chempionlik unvonini nishonlash paradida provokatsion holatlar kuzatildi. Xususan, jamoaning yosh yulduzi Lamin Yamalning xatti-harakatlari jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Parad davomida vinger qo‘lida «Xudoga shukur, men madridista emasman» (Thank God I’m not Madridista) yozuvi tushirilgan futbolkani ko‘tarib raqsga tushgani aks etgan kadrlar tarqaldi. Keyinchalik futbolchi ushbu holat aks etgan rasmni ham Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Netflix «Qog‘oz bino» filmini yana davom ettirishi mumkin

Foto: Netflix

Netflix mashhur Money Heist (La Casa de Papel) franshizasi, ya‘ni «Qog‘oz bino»(Bumajniy dom) filmi yana davom ettirilishini rasman ma’lum qildi. Bu haqda Afisha Daily nashri xabar berdi.

Platforma loyiha qanday formatda qaytishini hozircha ochiqlamadi. Bu yangi mavsum, spin-off yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri davomi bo‘lishi mumkin.

Birja orqali dizel xarid qilgan fermerlarga subsidiya beriladi

Foto: Getty Images

Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida dizel yonilg‘isi xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja orqali dizel yonilg‘isi xarid qilgan xo‘jaliklarga subsidiya ajratiladi. Bunda har bir tonna dizel narxining 13 million so‘mdan oshgan qismi uchun kompensatsiya beriladi. Subsidiyaning maksimal miqdori 2 million so‘mdan oshmaydi.

Xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi

Sotsiologiya fani qayta tiklandi va OTMda o‘qitiladi
Foto: Sun’iy intellekt

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil ishlagan, ammo oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun davlat OTMga kirishda tavsiyanoma berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu yil barcha jarayonlar to‘liq onlayn shaklga o‘tkazildi. Arizani my.gov.uz portali orqali mustaqil topshirish mumkin. Elektron tizimdan foydalanishda qiyinchilik bo‘lsa, Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin.

General Motors yangi Chevrolet Sonic krossoverini taqdim etdi — foto, narx

Yangi Chevrolet Sonic krossoveri taqdim etildi — narx
Foto: GM Authority

General Motors kompaniyasi Braziliyada yangi 2027-yilgi Chevrolet Sonic krossoverini rasman taqdim etdi. Bu haqda GM Authority xabar berdi.

Unga ko‘ra, kompaniya ushbu modelni Chevrolet’ning Janubiy Amerikadagi eng muhim yangi avtomobillaridan biri deb atadi. Yangi Sonic ilk bor budjet segmentidagi kupe uslubidagi krossover sifatida ishlab chiqarildi.

Dollar qariyb 4 so‘mga oshdi: 13-may uchun valyutalar kursi

Dollar yana 8 so‘mga oshdi: 13-may uchun valyutalar kursi
Foto: depositphotos

13-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi yana 3,71 so‘mga oshib, 12 145,65 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 21,14 so‘mga tushib, 14 268,71 so‘mni, rubl esa 1,7 so‘mga oshib, 164,33 so‘mni tashkil etdi.

Poytaxtning ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

Poytaxtning ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi
Foto: Facebook

«Suvta’minoti» DUK tomonidan olib borilayotgan rejali ishlar sabab Toshkent shahrining ayrim manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 13-may kuni soat 10:00 ga qadar qator ko‘cha, daha va mahallalarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Cheklovlar Bunyodkor shohko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yo‘li, Shifonur, Ziyo, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo va Gulobod ko‘chalarini qamrab oladi.

Davlat xaridlarida 7,2 milliard so‘mdan ortiq qonunbuzilishlar aniqlandi

Davlat xaridlarida 7,2 milliard so‘mdan ortiq qonunbuzilishlar aniqlandi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Respublikadagi oltita viloyatda davlat xaridlari sohasida o‘tkazilgan monitoringlar davomida 7,2 mlrd so‘mdan ziyod g‘ayriqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida «Ma’no» MChJ tomonidan o‘tkazilgan 988 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi eng yaxshi takliflarni tanlash savdosida qonun talablariga zid holatlar aniqlangan.

Shuningdek