2026-yilning ilk choragida 12,2 mlrd dollarlik import amalga oshirildi

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning jami import hajmi $12,2 mlrdni tashkil etdi. Importning katta qismi mashinalar va transport uskunalari ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu haqida Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning dastlabki uch oyida eng ko‘p $4,1 mlrd miqdorida (29,9% o‘sish) mashinalar va transport uskunalari import qilingan.
Keyingi o‘rinlarda sanoat tovarlari ($1,7 mlrd, 14,2% ulush) va kimyoviy vositalar ($1,5 mlrd, 21,5% ulush) joylashgan. Oziq-ovqat va tirik hayvonlar importi esa $1,4 mlrdni tashkil etdi (45,9% o‘sish).
Shuningdek, mineral yonilg‘i va moylash materiallari importi qariyb ikki barobarga oshib, $1,2 mlrdga (64,4% o‘sish) yetgan. Xizmatlar importi ham xuddi shunday — $1,2 mlrd (17,9%) ko‘rsatkichni qayd etgan.
Boshqa yo‘nalishlarda import miqdori turli xil tayyor buyumlar $441,8 mln, nooziq-ovqat xomashyosi $288,9 mln, hayvon va o‘simlik moylari $158,1 mln hamda ichimliklar va tamaki mahsulotlari $71,3 mlnni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan aprel oyida qoramol go‘shti importi hajmi 11,2 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.