2027-yilgi Chevrolet Bolt endi Super Cruise tizimi bilan buyurtma qilinadi

13-may 2026 13:45 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2027 Chevrolet Bolt’ning ayrim versiyalariga buyurtma cheklovi joriy etildi
Yangi Chevrolet Bolt / Foto: GM Authority

General Motors 2027-yilgi Chevrolet Bolt elektromobilini endi Super Cruise tizimi bilan buyurtma qilish imkoniyatini ochdi. Bu haqda GM Authority xabar berdi.

Yangi avlod Bolt modeli 2025-yil oktabrida taqdim etilgan edi. Avtomobil yangi dizayn, yangilangan salon va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Asosiy yangiliklardan biri GM’ning yarim avtonom haydash tizimi hisoblangan Super Cruise funksiyasi bo‘ldi. Mazkur paket $3,2 mingdan boshlanadi. Unga Super Cruise, haydovchi diqqatini nazorat qilish tizimi hamda old va orqa park assist funksiyalari kiradi.

Bolt LT versiyasida Super Cruise uchun qo‘shimcha paketlar ham talab qilinadi. Shu sababli umumiy qo‘shimcha xarajat $6,6 minggacha yetadi.

Bolt RS versiyasida esa qo‘shimcha xarajat $4,4 mingni tashkil qiladi.

Yangi Chevrolet Bolt oldingi modelga nisbatan texnik jihatdan ham yaxshilangan. Elektromobil 210 ot kuchiga ega motor bilan jihozlangan. Bu avvalgi Bolt EUV’dan 10 ot kuchiga ko‘p.

Avtomobil 65 kVt/soat sig‘imli LFP batareyaga ega bo‘ladi. Tezkor quvvatlash tizimi yordamida batareya 10 foizdan 80 foizgacha taxminan 26 minutda quvvat oladi.

Bir to‘liq quvvat bilan yurish masofasi 255 milni tashkil qiladi. Bu oldingi Bolt EUV’dan biroz ko‘proq. 2027-yilgi Chevrolet Bolt Kanzasdagi GM Fairfax zavodida ishlab chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Chevrolet Tracker 2027 modelida uchta rangdan voz kechishi xabar qilingandi. Bular Cacti Green, Cypress Gray va Marina Blue Metallic ranglari.

Shuningdek