Xorijda grant asosida o‘qiyotgan davlat xizmatchisining lavozimi saqlab qolinadi

eʼlon qilindi
Nufuzli xorijiy ta’lim muassasasining magistratura yoki doktorantura bosqichlarida
Xorijda olingan ilmiy daraja hujjatlarini tan olish tartibi belgilandi
Xorijda grant asosida o‘qiyotgan davlat xizmatchisining lavozimi saqlab qolinadi / Foto: Chat GPT

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda xorijda grant asosida o‘qiyotgan davlat xizmatchisining lavozimi saqlab qolinishiga qaratilgan yangi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Muhokama qilingan «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy malakasini oshirish kafolatlarini belgilashni nazarda tutadi.

Unga ko‘ra, davlat xizmatchisi nufuzli xorijiy ta’lim muassasasining magistratura yoki doktorantura bosqichiga grant asosida qabul qilinsa, ish beruvchining yozma roziligi bilan uning ish o‘rni va lavozimi saqlab qolinadi. Bunda ta’lim yo‘nalishi davlat organi faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi inobatga olinadi.

Shuningdek, loyiha asosida davlat xizmatchisining xorijda tahsil olgan davri mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi hamda ko‘p yillik xizmat uchun belgilanadigan har oylik ustamalarni hisoblashda ham e’tiborga olinadi. Shu bilan birga, ta’lim dasturi yakunlangach, xizmatchi o‘qish davriga teng muddat davomida tegishli davlat organi tizimida ishlab berishi kerak bo‘ladi.

Muhokamalar yakunida qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur majlisda safarbarlik davridagi fuqarolarning ish joyi saqlanishi kafolatlanishi haqida ma’lum qilingan edi.

Shuningdek