O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik darajasi yuqoriladi

O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik darajasi yuqori ekani qayd etildi. Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2026-yilning mart – aprel oylarida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatdagi oilalarning umumiy baxtlilik indeksi 0,618 ballni tashkil qildi.
Tadqiqot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, unda jami 12,7 ming nafar respondent qatnashgan.
Oilalarning baxtlilik darajasi 8 ta asosiy indikator va 21 ta subindikator asosida baholangan. So‘rov davomida iqtisodiy farovonlik, ish bilan ta’minlanganlik, sog‘lom hayot kechirish, ta’lim imkoniyatlari, oilaviy qadriyatlar, davlat xizmatlaridan qoniqish va oilaviy baxt hissi kabi yo‘nalishlar o‘rganilgan.
Baxtlilik indeksi ketma-ket o‘smoqda
Una ko‘ra, indeks +0,5 dan +1 gacha bo‘lsa yuqori, 0 dan +0,49 gacha bo‘lsa o‘rta, 0 dan past natijalar esa past daraja sifatida baholanadi.
Natijalarda O‘zbekiston oilalarining baxtlilik indeksi:
- 2023-yilda — 0,560 ball;
- 2025-yilda — 0,611 ball;
- 2026-yilda — 0,618 ballni tashkil etgan.
So‘nggi to‘rt yil davomida ko‘rsatkich o‘rtacha 0,058 ballga oshgan.
Iqtisodiy farovonlik va bandlik yaxshilangan
Oilalarning iqtisodiy farovonligi indikatori 2025-yildagi 0,414 balldan 2026-yilda 0,439 ballga ko‘tarilgan. Ish bilan ta’minlanganlik indikatori esa 2023-yildagi 0,337 balldan 2026-yilda 0,489 ballgacha oshgan.
Davlat organlari faoliyati va davlat xizmatlaridan qoniqish ko‘rsatkichi ham sezilarli o‘sgan. Mazkur indikator:
- 2023-yilda — 0,372 ball;
- 2025-yilda — 0,505 ball;
- 2026-yilda — 0,514 ballni tashkil etgan.
Ta’lim va sog‘lom turmush ko‘rsatkichlari ham oshgan
Ta’lim olish imkoniyati indikatori 2023-yildagi 0,399 balldan 2026-yilda 0,522 ballgacha ko‘tarilgan. Sog‘lom hayot kechirish davomiyligi indikatori esa shu davrda 0,596 balldan 0,605 ballga yetgan.
Oilaviy qadriyatlar yuqori darajada saqlanmoqda
Tadqiqotda oilaviy qadriyatlar va oilaviy baxt hissi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Oilaviy hayotdan qoniqish va oilaviy baxtlilikni his qilish indikatori:
- 2023-yilda — 0,667 ball;
- 2025-yilda — 0,734 ball;
- 2026-yilda — 0,750 ballni tashkil etgan.
Oilaviy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyatlilik darajasi esa:
- 2023-yilda — 0,720 ball;
- 2025-yilda — 0,791 ball;
- 2026-yilda — 0,793 ball bo‘lgan.
Demografik barqarorlik eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi
Oilalarning demografik barqarorligi indikatori tadqiqotdagi eng yuqori natijalardan biri sifatida qayd etilgan. Mazkur ko‘rsatkich 2023-yilda 0,828 ballni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilda 0,831 ballga yetgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yosh oilalar uchun ipoteka kreditida yangi yengilliklar joriy etilishi haqida yozgandi.