Yaponiyadan O‘zbekistonga turistlar oqimi qariyb ikki baravar oshdi

Joriy yilning dastlabki uch oyida Yaponiyadan O‘zbekistonga sayyohlik maqsadida kelganlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada o‘sib, 1,7 baravarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar—mart oylarida jami 6 ming 925 nafar Yaponiya fuqarosi turli maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda qariyb 3 ming nafar kishiga ko‘p demakdir.

Yaponiyaliklarning O‘zbekistonga tashrifi maqsadlari tahlil qilinganda, aksariyat qismi, ya’ni 6 ming 356 nafari aynan sayyohlik maqsadida kelgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, 270 nafar fuqaro qarindoshlarini yo‘qlash, 253 nafari xizmat yuzasidan, 45 nafari esa o‘qish maqsadida tashrif buyurgan. Tibbiy maqsadlarda, xususan, davolanish uchun bitta Yaponiya fuqarosi kelgani qayd etilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 50 ta xorijiy bloger O‘zbekistonga bepul yetti kunlik turpaket bilan taklif qilinishi haqida xabar bergan edi.