Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga yangi rahbar tayinlandi

eʼlon qilindi
Prezident farmoni bilan
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga yangi rahbar tayinlandi / Foto: Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Abdulla Abduqodirov 1961-yil 19-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1982-yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan bo‘lib, mehnat faoliyatini ilmiy yo‘nalishda boshlagan. 1987–1990-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisod instituti ilmiy xodimi sifatida ishlagan, keyinchalik davlat moliya tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

U 1990–1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida bo‘lim boshlig‘i muovini, boshqarma boshlig‘i, vazir muovini hamda vazirning birinchi muovini lavozimlarida ishlagan. 1996–2004-yillarda Davlat mulk qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, shuningdek Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va takomillashtirish markazi bosh direktori bo‘lgan.

Keyingi yillarda u ABN AMRO bankining O‘zbekistondagi filiali, «Smart Heating Systems» MChJ, «Infinbank» hamda «Double A Solutions» kabi tuzilmalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2020–2022-yillarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vazir maslahatchisi, 2022-yildan esa Strategik islohotlar agentligi rahbari birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasiga yangi rais tayinlangan edi.

Shuningdek