Tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani onlayn olish imkoniyati yaratildi

eʼlon qilindi
Xizmat bepul bo‘lib, ortiqcha qog‘ozbozlik talab etilmaydi
Foto: Oyina.uz

my.gov.uz orqali endi tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish yanada soddalashtirildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab tug‘ilish holatlari kompleks davlat xizmati tartibida avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi. Ya’ni tug‘ruqxona tomonidan ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri FHDY tizimiga yuboriladi va hujjat elektron tarzda shakllantiriladi.

Endilikda QR-kodli ma’lumotnomani tug‘ruqxonaga borib olish shart emas. Uni my.gov.uz portali orqali istalgan vaqtda onlayn yuklab olish mumkin. Ushbu hujjat tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga teng kuchga ega hisoblanadi.

Xizmat bepul bo‘lib, ortiqcha qog‘ozbozlik talab etilmaydi. Ma’lumotnoma yo‘qolgan taqdirda ham uni portal orqali qayta yuklab olish imkoni mavjud.

Tizimga ko‘ra, bola tug‘ilishi FHDYda qayd etilgach, onaning shaxsiy kabinetiga avtomatik xabarnoma yuboriladi va foydalanuvchi ERI yoki OneID orqali kirib hujjatni yuklab oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani endi onlayn olish mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek