Turkistonda Oʻzbekiston qurgan yangi masjid ochildi

eʼlon qilindi
Majmua 7 gektardan ortiq hududni egallaydi
Turkistonda Oʻzbekiston qurgan yangi masjid ochildi
Foto: prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Turkiston shahrida Oʻzbekiston tomonidan qurilgan yangi masjid bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Majmua 7 gektardan ortiq hududni egallaydi. Masjidda bir vaqtning oʻzida 5 mingdan ziyod kishilar namoz oʻqishi mumkin.

Foto: prezident matbuot xizmati

Majmua toʻrtta 70 metrlik minora va uch qavatli bosh binodan iborat. Unda milliy naqshlar, sharqona gumbazlar va zamonaviy qurilish uslublari uygʻunlashtirilgan.

Masjid ichki bezagida islom xattotligi va naqqoshlik san’ati keng qoʻllangan. Atrof hududda esa yashil maydonlar, favvoralar, dam olish joylari va yoʻlaklar barpo etilgan.

Foto: prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, ushbu masjid Oʻzbekistonning qardosh Qozogʻiston xalqiga sovgʻasi boʻlib, ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va yaqinlik ramzi hisoblanadi.

Tashrif davomida Qur’on tilovat qilinib, ikki xalq tinchligi hamda farovonligi uchun duo oʻqildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Turkiy davlatlar sammitida qatnashish uchun Turkistonga yetib borgani xabar qilingandi. Davlat rahbari Hazrat Sulton xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasi Davlat maslahatchisi Yerlan Karin, Turkiston viloyati hokimi Nuralxan Kusherov hamda boshqa rasmiylar tomonidan kutib olindi.

Shuningdek